USTOZ VA MURABBIYLAR — YUKSAK EHTIROM VA E’TIROF TIMSOLI!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-pediatriya fakultetida ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan ustoz va murabbiylarga bo‘lgan chuqur hurmat, samimiy ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari o‘ziga xos tarzda namoyon etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va dil izhorlari tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Ustoz — qalblarga ilm nurini olib kiruvchi, yosh avlodga nafaqat bilim, balki hayot saboqlarini ham o‘rgatuvchi ulug‘ insondir. Murabbiy esa talabalarning kamolot yo‘lida ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan mehribon maslahatchidir.
Ushbu tadbir orqali talabalar o‘z ustoz va murabbiylariga bo‘lgan hurmat-ehtiromlarini izhor etib, ularning mashaqqatli va sharafli mehnatiga munosib tashakkur bildirdilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment