Joriy yilning 25-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 3-kurs talabalari o‘rtasida “Milliy liboslar — qadriyatlarimiz ko‘zgusi” nomli chellenj

tashkil etildi.

Mazkur chellenjdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va an’analarimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash hamda milliy liboslarimizning o‘ziga xosligini namoyon etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida talabalar milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy kiyinish madaniyati va qadriyatlarini namoyish etdilar. Milliy liboslarning rang-barangligi, nafis bezaklari va o‘ziga xos jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment