TALABALIK — OLTIN DAVR

“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Xanapiyayev Farhodjon Rahmonovich talaba-yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdi.

U o‘z nutqida talabalik davrini inson hayotidagi eng qadrli va mas’uliyatli bosqichlardan biri sifatida ta’riflab, aynan shu yillarda ustozlardan eng zarur bilim va tajribalarni olish, tinimsiz o‘qib-o‘rganish muhim ekanini ta’kidladi.
Bugun tibbiyot sohasida islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshib borayotgan bir paytda, chuqur bilim, yangicha fikrlash va zamonaviy ko‘nikmalar har bir bo‘lajak shifokor uchun ayniqsa zarur.
— Ertangi maqsadlaringizning ro‘yobi bugungi harakatingizga bog‘liq, — deya yoshlarni izlanish, mehnat va mas’uliyatga chorlab, ularni bayram bilan muborakbod etdi.
Talabalik — qisqa davr. Ammo unda egallangan bilim va qadriyatlar butun umrga xizmat qiladi

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment