


ILG‘OR TAJRIBALAR OMMALASHTIRILMOQDA. TYUTORLAR UCHUN MAHORAT DARSI TASHKIL ETILDI.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 2-ilovasi 12.2-bandida belgilangan “Tajribali tyutorlarning mahorat darslarini tashkil etish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish” chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida mahorat darslari o‘tkazildi.
1-davolash ishi fakulteti tyutori Nigora Mirzaqulova Azimovnaning tarbiyaviy ishlar metodikasi, talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni sog‘lomlashtirish va guruhlarda ijtimoiy-psixologik iqlimni to‘g‘ri shakllantirishning innovatsion usullari namoyish etildi.
Talabalar turar joylari, ijarada yashayotgan talabalar bilan ishlash, ularning yashash sharoitlarini monitoring qilish bo‘yicha tajribali tyutorlarning samarali ish uslublari taqdim etildi.
Yosh tyutorlarga faoliyat samaradorligini oshirish va «Tyutor jurnali»ni yuritish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi.
Rasmiy sahifalarimiz: