Toshkent davlat tibbiyot universitetida “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”GA START BERILDI!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son Davolash fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning fakultet bosqichi tantanali ravishda ochib berildi.

Tadbir yuqori ko‘tarinki kayfiyat, sportga bo‘lgan qiziqish va sog‘lom raqobat ruhida tashkil etildi. Unda 1000 nafardan ortiq talaba-yoshlar hamda 100 dan ziyod sport jamoalari faol ishtirok etdi.
Ochilish marosimida talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
Musobaqalar davomida talabalar jamoaviylik, birdamlik, chaqqonlik va sport mahorati borasidagi o‘z imkoniyatlarini namoyon etadilar.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalar yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qilmoqda.2-son davolash fakulteti

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment