
#Sunʼiy_intellekt#Oʻquv_qoʻllanmaSun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: gumanitar fanlar nashriSun’iy intellektning imkoniyatlari va chegaralarini qanday anglash mumkin?
Bugun sun’iy intellekt jamiyatning turli sohalarida, xususan, ta’lim va ilm-fan jarayonlarida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalardan biriga aylanmoqda. Uni to‘g‘ri anglash, imkoniyatlari va cheklovlarini bilish zamonaviy bilim va ko‘nikmalarning muhim qismidir.
Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan tayyorlangan “Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: gumanitar fanlar” o‘quv qo‘llanmasida sun’iy intellektning asosiy tushunchalari, rivojlanish yo‘nalishlari va ta’limdagi imkoniyatlari izchil yoritilgan.
Qo’llanmada: sun’iy intellektning asosiy tushunchalari va xususiyatlari;
kuchli va zaif sun’iy intellekt o‘rtasidagi farqlar;
umumiy va maxsus sun’iy intellekt tushunchalari;
inson intellekti va mashina intellektining o‘ziga xos jihatlari;
sun’iy intellektning ishlash tamoyillari;
chuqur o‘qitish texnologiyasining ichki mantig‘i;
multimodal sun’iy intellekt va uning muammolari;
zamonaviy sun’iy intellektning imkoniyatlari va chegaralari kabi muhim masalalar qamrab olingan.
Mazkur qo‘llanma orqali talabalar sun’iy intellektning ilmiy asoslarini tushunish, uning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash hamda texnologiya haqidagi turli qarashlarni tanqidiy tahlil qilish bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘ladilar.
“Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: gumanitar fanlar” — sun’iy intellektni tushunish, uning imkoniyatlari va chegaralarini anglash hamda ta’limning zamonaviy tendensiyalarini o‘zlashtirish uchun muhim manba.
Qo‘llanmani itstudy.uz portali orqali o‘qishingiz mumkin.Facebook | Instagram | YouTube|Telegram