
eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida , 1-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari universitetga tashrif buyurib tibbiyot universitetida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida o‘quvchilar universitetning zamonaviy simulyatsion markazi, tibbiyot muzeyi hamda ilg‘or axborot texnologiyalari bilan jihozlangan kutubxona faoliyatini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, Yaponiyaning zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan xonalarda mutaxassislar nazorati ostida amaliy ko‘nikmalarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Muzeyda namoyish etilgan tarixiy hujjatlar, noyob eksponatlar va tibbiyotga oid qadimiy ashyolar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu tashrif tibbiyot sohasiga qiziquvchi yoshlar qalbida ilm-fanga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirdi.
Tashrif doirasida “1-son tibbiy va biologik kimyo” kafedrasi professori, hamkorlik bo‘yicha mas’ul Muxamedova Nurxon Xalilovna tomonidan kasbga yo‘naltiruvchi davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida o‘quvchilarga tibbiyot sohasida ta’lim olish imkoniyatlari, kasb tanlash mezonlari hamda kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni tibbiyot kasbiga yo‘naltirish, ularda sog‘liqni saqlash sohasiga nisbatan mehr va yuksak mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimiz!