


Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori Eshmurzayeva Aida Abdiganievna 2-davolash fakultetining 1-kurs talabalariga professor Hamid Yoqubovich Karimovning hayoti, ilmiy faoliyati va katta ilmiy maktabi haqida taqdimot o‘tkazdi.
Bu uchrashuvning o‘ziga xos ramziy ma’nosi bor.
Kuni kecha universitet Ilmiy kengashida Aida Abdiganievnaga professor ilmiy unvoni berilgani e’lon qilinib, u professorlik diplomini universitet rektori qo‘lidan qabul qilib oldi.
Bugun esa yangi professor auditoriya qarshisida turib, endigina tibbiyot olamiga qadam qo‘ygan talabalarga katta olim qanday shakllanishi haqida Hamid Yoqubovich Karimov misolida so‘zlab berdi
https://telegra.ph/WEEK–KARIMOV-KECHA–PROFESSORLIK-DIPLOMI-BUGUN–YOSHLARGA-USTOZLIK-SABOGI-10-07
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin