



Toshkent davlat tibbiyot universitetining stomatologiya hududida faoliyat yuritayotgan fakultetlar talaba-yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkaziladigan sport musobaqalarining ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Ochiq va samimiy ruhda tashkil etilgan marosim davomida kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, talaba-yoshlarning kayfiyati va tadbirga bo‘lgan qiziqishi yanada oshirildi.
Ochilish marosimida 3-Davolash fakulteti dekani R.E. Alimjanovich hamda 1-stomatologiya fakulteti dekani S.S. Murtazoyev so‘zga chiqib, yoshlarni sport musobaqalarining boshlanishi bilan tabrikladilar. O‘z nutqlarida sportning yoshlar hayotidagi o‘rni, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda talabalarda iroda, intizom va jamoaviy hamjihatlikni shakllantirishdagi ahamiyatini ta’kidladilar.
Shuningdek, marosim davomida talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning qobiliyat va imkoniyatlarini namoyon etishi uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida fikrlar bildirildi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirib, ularda sog‘lom raqobat, do‘stlik, hamjihatlik va g‘alabaga intilish kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ochilish marosimi ko‘tarinki kayfiyat va yaxshi taassurotlar bilan yakunlandi.
Rasmiy sahifalarimiz!