“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”: STOL TENNISIDA QIZG‘IN BAHSLAR

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son Davolash fakultetining guruh bosqichida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada faol va sportsevar talaba qizlar ishtirok etib, stol tennisi stolida o‘zlarining tezkorligi, aniqligi, chaqqonligi va yuksak sport mahoratini namoyish etdilar. Har bir bahs tomoshabinlar uchun ham qiziqarli va hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi.

Kichik to‘p ortidan kechgan har bir zarba, aniq uzatma va keskin hujumlar g‘oliblik murosasiz kechganini ko‘rsatdi.

Bellashuvlar yakunida eng yuqori natijalarni qayd etgan qizlar :

Akramova M 125 a- guruh
Mangliboyeva J 110 b-guruh
Rahmatova R 304 a-guruh

Musobaqa nafaqat g‘oliblarni aniqlash, balki talaba qizlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stlik, jamoaviylik va faol hayot tarzini targ‘ib etishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment