







Kuni kecha Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Davolash fakulteti talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “5 tashabbus sport o‘yinlari” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarda fakultetning chaqqon, iqtidorli va sportsevar talabalari jamoalar tarkibida ishtirok etib, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.
Musobaqalar mini-futbol, voleybol, stritbol/3×3 basketbol, stol tennisi hamda 4×100 metr aralash estafeta kabi sport turlari bo‘yicha tashkil etildi.
Bellashuvlar davomida talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va sport mahoratini namoyon etib, g‘oliblik uchun qizg‘in kurash olib bordilar. Ayniqsa, jamoaviy sport turlarida talabalar o‘rtasidagi hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhiti musobaqalarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
“5 tashabbus sport o‘yinlari” yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlash hamda talabalarni ommaviy sportga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Rasmiy sahifalarimiz!