«MUVAFFAQIYAT SARI YO‘L» MAVZUSIDA UCHRASHUV

Joriy yilning 7-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 6-fevraldagi SQ-245-V-sonli qarori hamda «2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi»ning 2026-yilda amalga oshirilishiga oid kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-kampusida Xotin- qizlar kengashi aʼzolari tomonidan 1-2 va 3-kurs talaba qizlari ishtirokida «Muvaffaqiyat sari yo‘l» mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — talaba qizlarning davlat fuqarolik xizmati, kasbiy rivojlanish va yetakchilik borasidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish, ularni o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yish, tashabbuskorlik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda maxsus mehmon sifatida professor Turdiyeva Kavsar Sheraliyevna ishtirok etdi. U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Toshkent viloyati Yoshlar mukofoti sovrindori hamda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.
Tadbir davomida mehmon tomonidan muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, kasbiy faoliyatda o‘z o‘rnini topish, zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning faolligini oshirish, liderlik fazilatlarini rivojlantirish hamda davlat xizmatida faol ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat yuritish, o‘z ustida ishlash, bilim va ko‘nikmalarni muntazam rivojlantirish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash hamda belgilangan maqsad sari qat’iyat bilan harakat qilish borasida amaliy tavsiya va motivatsion fikrlar oldilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment