«BESH TASHABBUS OLIMPIADASI»GA RASMIY START BERILDI!

Bugun, 8-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetining sport majmuasida 1 va 2-Pediatriya, Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetlari talabalari o‘rtasida «Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, fakultetlar dekanlari, mas’ullar va talabalar ishtirok etdi. Ochilish marosimida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor T.Bobomurodov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni musobaqalar boshlanishi bilan tabrikladi va ularga omad tiladi.
Tadbir davomida talabalarning musiqiy va raqs chiqishlari namoyish etildi. Tuman Madaniyat bo‘limi xodimi N.Abidiyevning ijrosidagi qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Shundan so‘ng sport musobaqalariga rasman start berildi!

Ayni vaqtda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sportning 5 ta turi bo‘yicha bellashuvlar davom etmoqda!
Barcha ishtirokchi jamoalarga omad va zafar tilaymiz!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment