“Kasbim — mening faxrim”

Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalarni kasbga bo‘lgan hurmat va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

2025-yil 9-oktyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi psixologlari G. Umirova va G. Soibnazarova tomonidan 2-son talabalar turar joyida “Kasbim — mening faxrim” mavzusida psixologik seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar davomida talabalarga tanlagan kasbi halollik, mehnatsevarlik, sabr-toqat va fidoyilikni talab qiladigan mas’uliyatli soha ekanligi tushuntirildi.
Shuningdek, talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va samimiy munosabatlarni shakllantirish maqsadida turli psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Bunday uchrashuvlar talabalarning kasbiy motivatsiyasini oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish hamda shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#KasbimMeningFaxrim#PsixologikSeminar#Talabalar#PsixologikYordam#Yoshlar

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment