

Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish va jamoada samarali muloqot qilish qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan psixologik treninglar davom etmoqda.
2025-yil 8-oktyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-kampus psixologi G.S. Djumanova hamda 1-Pediatriya fakulteti 1-bosqich tyutori D. Madjidova hamkorligida 107-B guruh talabalari uchun “Kommunikativlik mahoratini oshirish” mavzusida trening o‘tkazildi.
Trening davomida talabalarning muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan turli mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Ishtirokchilarga turli mavzularda ritorik savollar berilib, ular orqali har bir talabaning fikrlashi, dunyoqarashi va ichki kechinmalarini yaxshiroq anglashga qaratilgan psixologik mashqlar olib borildi.
Mazkur trening talabalar o‘rtasida erkin muloqot, o‘z fikrini ifodalash va bir-birini yaxshiroq tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#PsixologikTrening#Kommunikativlik#Talabalar#Yoshlar#Psixologiya
Rasmiy sahifalarimiz!