Yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2026-yil 1-oktyabr kuni 2-stomatologiya fakulteti talaba qizlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda Yashnobod tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Tursunova Marg‘uba Abiljanovna ishtirok etdi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talaba qizlarning ta’lim olishi, kelajakdagi maqsad va orzulari, jamiyatda munosib o‘rin egallashi, xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli tavsiya va maslahatlar oldilar.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment