Yoshlar orasida narkotik vositalar va kiberjinoyatchilikning oldini olish

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakulteti talabalari bilan 08.10.2026 yil kuni “Payshanba — profilaktika kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar ishtirokida “Yoshlar orasida narkotik vositalar tarqalishi va kiberjinoyatchilikning oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda fakultet dekan o‘rinbosari, tyutorlar hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida profilaktika inspektori, podpolkovnik Sh. Bozorov so‘zga chiqib, bugungi kunda yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish, narkotik vositalar va psixotrop moddalar iste’molining ayanchli oqibatlari, shuningdek, internet va raqamli texnologiyalardan foydalanishda hushyor va ehtiyotkor bo‘lish zarurligi haqida fikr bildirdi.

Suhbat davomida narkotik vositalar va psixotrop moddalar inson salomatligi, ruhiy holati hamda kelajagiga jiddiy zarar yetkazishi, ularning iste’moli turli huquqbuzarlik va jinoyatlarga sabab bo‘lishi mumkinligi alohida ta’kidlandi. Talabalarga bunday xavfli illatlarga befarq bo‘lmaslik, shubhali taklif va holatlarga duch kelganda hushyorlikni yo‘qotmaslik hamda zarur hollarda tegishli mutaxassislarga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
K iberjinoyatchilikning oldini olish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarning internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, noma’lum havolalarga kirmaslik, begona shaxslarga bank karta ma’lumotlari va tasdiqlash kodlarini bermaslik, turli firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lish zarurligi haqida tushuntirishlar berildi.
Profilaktika inspektori V.T. Qurbonov narkotik vositalar va psixotrop moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularning jismoniy va ruhiy salomatlikka yetkazadigan zarari haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va foydali mashg‘ulotlarga faol jalb bo‘lishning ahamiyati tushuntirildi.
Talabalarga talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli zararli illatlar va zamonaviy tahdidlardan asrash, sog‘lom va xavfsiz hayot tarzini shakllantirish borasidagi profilaktik ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.
Bunday profilaktik uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, turli xavf-xatarlarga nisbatan ogohlik va mas’uliyat hissini oshirish hamda ularni sog‘lom va farovon kelajak sari yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment