
“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” hamda “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Bobur Bobomurod professor-o‘qituvchilar, ota-onalar va talaba-yoshlarni samimiy muborakbod etdi.
Shoir o‘z tabrigida ustozlarning sharafli va mas’uliyatli mehnatini e’tirof etib, ota-onalarga farzandlari kamoloti yo‘lidagi fidoyiligi uchun minnatdorlik bildirdi. Talaba-yoshlarga esa ilm olish, ustozlar sabog‘ini qadrlash, Vatanga munosib farzand bo‘lish va ezgu maqsadlar sari dadil intilish tilaklarini bildirdi.
“Ilm yo‘lingiz nurli, qalbingiz ezgu, kelajagingiz buyuk bo‘lsin!” — deya shoir o‘zining samimiy tilaklarini izhor etdi.
Rasmiy sahifalarimiz!