





Toshkent davlat tibbiyot universitetida yoshlar uchun muhim ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi!
2026-yil 9-oktabr kuni universitetimizda “Tinchlik – eng oliy ne’mat” hamda “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash” mavzularida mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbir tashkil etildi.
Tadbirning faxriy mehmoni — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi maslahatchisi Ilhom Islomovich Ma’rupov talaba-yoshlar bilan uchrashib, bugungi kunning eng dolzarb ma’naviy-ma’rifiy masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.
Tinchlikning qadri, jaholatning xavfi va ilm-ma’rifatning qudrati uchrashuvning asosiy mavzulariga aylandi.
Ma’ruza davomida:
tinchlik va osoyishtalikni asrashning hayotiy ahamiyati;
diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik;
yoshlarni ekstremistik va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish;
internet va ijtimoiy tarmoqlardagi zararli axborotlarga nisbatan ogohlik;
bilim, tafakkur va ma’rifat orqali mafkuraviy immunitetni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Yaxshi shifokor bo‘lish uchun chuqur bilim, komil inson bo‘lish uchun esa yuksak ma’naviyat zarur!”
Uchrashuvda bo‘lajak tibbiyot xodimlari nafaqat o‘z kasbining yetuk mutaxassisi, balki Vataniga sadoqatli, keng dunyoqarashli, ma’naviy barkamol va jamiyat oldidagi mas’uliyatini chuqur anglaydigan inson bo‘lib yetishishi muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuvning bosh g‘oyasi aniq: jaholatga jaholat bilan emas, bilim, ma’rifat va sog‘lom tafakkur bilan qarshi turish kerak!
Zero, tinchlik bor joyda taraqqiyot, ilm bor joyda yuksalish, ma’rifat bor joyda esa porloq kelajak bor!
#ToshDavTU#YoshlarIttifoqi#TinchlikEngOliyNemat#JaholatgaQarshiMarifat#Manaviyat#Yoshlar#TibbiyotUniversitetiRasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin