Fakultet rahbariyati talabalar turar joylarida nazorat ishlarini o’tkazdi

2026-yil 10-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-davolash fakulteti dekani Sh.Sh. Yusupov va fakultetning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.R. Xurramov fakultetga biriktirilgan 5A-9-sonli talabalar turar joylarida nazorat ishlarini olib bordi.
Nazorat davomida turar joylardagi yashash sharoitlari, xonalarning sanitariya-gigiyena holati, ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi hamda yong’in xavfsizligi qoidalari o’rganildi. Shuningdek, talabalar bilan suhbat o’tkazilib, ularning yashash sharoitlari bo’yicha taklif va murojaatlari tinglandi.
Fakultet rahbariyati talabalar uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, ularning o’qishi va dam olishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo’yicha ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilishini ta’kidladi.
Rasmiy sahifalarimiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment