Toshkent davlat tibbiyot universitetida «Ma’rifat ulashib» loyihasi bo‘lib o‘tdi!

Kecha, 9-oktabr kuni universitetimizda ma’naviyat va adabiyot bayrami o‘zgacha shukuhda o‘tdi. Talaba-yoshlarning intellektual salohiyati va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida taniqli adib va shoirlar bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — taniqli ijodkorlar Ishqobul Shukur, Dadaxon Muhammadiev hamda el suygan shoira Farog‘at Xudoyqulovalar tashrif buyurdilar.

Uchrashuv davomida:
She’riyatga ixlosmand kelajak shifokorlari ijodkorlar bilan dildan suhbatlashdi;
Yozuvchi va shoirlar o‘z ijod yo‘li, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar;
Mushoira klubi a’zolari bo‘lgan iqtidorli talabalar o‘z qalamiga mansub she’rlarni mahorat bilan o‘qib eshittirishdi.

«Kasalni tabib davolasa, ruhiyatni va ma’naviyatni adabiyot davolaydi.»
Bunday uchrashuvlar yosh tabiblarimizning nafaqat bilimli, balki yuksak ma’naviyatli mutaxassis bo‘lib yetishishlarida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment