
Kecha, 9-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘zgacha ma’naviyat va adabiyot bayrami bo‘lib o‘tdi! «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida elimiz ardoqlagan taniqli adiblar va shoirlar universitetimizga tashrif buyurishdi.
Tadbir mehmonlari: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — Ishqobul Shukur, Dadaxon Muhammadiev hamda xushkalom shoira Farog‘atxon Xudoyqulova.Talabalar turar joyidagi fayzli oqshom Kunning ikkinchi yarmida aziz mehmonlarimiz talabalar turar joyida bo‘lishib, u yerda yashovchi iqtidorli va ijodkor yoshlar bilan samimiy «Ma’rifat kechasi»ni tashkil etishdi.
Oqshom foni ostida kechgan ushbu uchrashuv chinakam she’riyat bayramiga aylandi:
Kelajak shifokorlari ijodkorlar bilan bir stolda o‘tirib, dildan suhbatlashishdi;
Mushoira klubi a’zolari va TTJda yashovchi yoshlar o‘z qalamiga mansub qalbi jo‘shqin she’rlarni o‘qib berishdi;
Yozuvchi va shoirlar hayotiy tajribalari, ijod sirlari hamda ma’naviy qadriyatlar haqida samimiy o‘rtoqlashdilar.
«Tana xastaligini shifokor davolasa, ruh va qalbni adabiyot hamda ma’rifat davolaydi.»Talabalar turar joyidagi bunday issiq va samimiy muhit yoshlarimiz qalbida adabiyotga bo‘lgan mehru muhabbatni yanada jo‘sh urdirdi.Rasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin