
Sport musoboqalarini kuzatish va talabalar bilan muloqot qilish maqsadida Universitet rektori Sh.A.Boymurodov qatnashib, voleybol, tennis va futbol musoboqalarini kuzatib, talabalarni sog’lom turmush tarzi va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishda sport bilan shug’ullanishga chorlab, talabalar bilan ularning sport stadionlari va musoboqa jarayonlari bo’yicha fikr almashishdi.
Shuningdek, ma’sullarga talabalar turar joylarida sport inventarlaridan foydalanishni keng joriy etish, sport bilan shug’ullanish asnosida sog’lom turmush tarzi muhitini turar joylarda joriy etish bo’yicha topshiriqlar berildi. Shunday sport va sog’lomlashtirish tadbirlarini doimiy ravishda xodimlar, professor-o’qituvchilar va talabalar o’rtasida doimiy joriy qilish tavsiya etildi.
Rasmiy sahifalarimiz!