Biz xato qilganimizda, stressni his qilganimizda yoki muhim qaror qabul qilganimizda miyamizda nimalar sodir bo‘ladi?

«MIYADAN XULQ-ATVORGA» Xalqaro ilmiy-amaliy seminarga taklif qilamiz!
Mutaxassislar va tadqiqotchilar ilk bor kognitiv neyrofan, tibbiy va klinik psixologiya sohalaridagi zamonaviy ishlanmalar bilan nemis tadqiqotchisining ilmiy tajribasi orqali tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ma’ruzachi: Dr. Daniel Wiswede, psixologiya sohasida tabiiy fanlar doktori, Lyubek universiteti (Germaniya)

Dasturda:
miya va xulq-atvor
stress va kognitiv nazorat
xatolarni qayta ishlash mexanizmlari
emotsiyalar va kognitiv jarayonlar
EEG/ERP va fMRI
depressiya va shizofreniya
psixoterapiya va miyadagi o‘zgarishlar
zamonaviy neyrofan istiqbollari

Siz zamonaviy ilm-fanni bevosita tadqiqotchining o‘zidan eshitasiz, real ilmiy ma’lumotlarni muhokama qilasiz va xalqaro ekspertga savol berishingiz mumkin bo‘ladi.
Psixologlar, shifokorlar, o‘qituvchilar uchun dars

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment