







Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Odatlar hayotimizni o‘zgartiradi” mavzusida tashkil etildi.
Mashg‘ulot avvalida professor A.A.Mavrulov Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 7–9-oktabr kunlari Turkmanistonga qilgan amaliy tashrifi, uning doirasida o‘tkazilgan xalqaro uchrashuvlar, mintaqaviy hamkorlik masalalari haqida talabalarga ma’lumot berdi.
Ma’ruza davomida vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, intizomli bo‘lish, kitob mutolaasi, muntazam bilim olish, o‘z ustida ishlash va zararli odatlardan voz kechishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarda mas’uliyat, qat’iyat va aniq maqsad sari intilish fazilatlarini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mavzuni yanada mazmunli yoritish maqsadida videokontentlar namoyish etilib, talabalarga odatlarning inson hayoti, dunyoqarashi va kelajakdagi yutuqlariga ta’siri haqida muhim fikrlar yetkazildi.
Zero, bugungi odatlarimiz ertangi kunimizni belgilaydi!
Rasmiy sahifalarimiz: