«BESH MUHIM TASHABBUS» OLIMPIADASI DAVOM ETMOQDA

Voleybol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi!
Bugun, 10-oktabr kuni Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetida «Besh muhim tashabbus» olimpiadasi doirasida voleybol bo‘yicha qizlar va yigitlar jamoalari o‘rtasida qiziqarli bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirokchilar o‘zlarining mahoratlari, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

Qizlar jamoalari o‘rtasida: 1-o‘rin – Sidzuku;
2-o‘rin – Daminant;
3-o‘rin – Chaqqonlar;
Yigitlar jamoalari o‘rtasida: 1-o‘rin – Gambit;
2-o‘rin – Olmos;
3-o‘rin – Gold.

Mazkur musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, do‘stlik va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Barcha ishtirokchilarni faolligi, g‘olib jamoalarni esa munosib natijalari bilan tabriklaymiz! Kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar yor bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment