Tashakkurnoma bilan taqdirlash marosimi

Zomin Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Anesteziologiya va reanimatologiya, travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya kafedrasi dotsentlari ishtirokida tashkil etilgan seminar mashg‘ulotlari doirasida Raimova Dilfuza va Muxayminova Shoira tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Ushbu e’tirof ta’lim jarayonidagi faollik, hamkorlik va kasbiy rivojlanishga bo‘lgan intilishni rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va kasbiy rivojlanish tilaymiz.
Ilm va mehnat doimo e’tirofga munosib!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment