«ZAKOVAT» INTELLEKTUAL O‘YINIDA MUNOSIB G‘ALABA!

2026-yil 9-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.1-son davolash fakulteti 1-bosqich, 103-guruh talabalari :

Abduvaitov Daniyal
Komilova Zilola
Xudayberganova Aida
faol ishtirok etib, o‘zlarining teran fikrlashi, keng dunyoqarashi, zukkoligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

Quvonarlisi, jamoamiz barcha raqiblar orasida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Ushbu yutuq — talabalarimizning bilimga bo‘lgan intilishi, izlanishi, o‘zaro hamkorligi va intellektual salohiyatining yorqin namunasidir.
G‘olib talabalarimizni ushbu ajoyib natija bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Ularga kelgusidagi o‘qishlari va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va bundan-da katta g‘alabalar tilaymiz!Bilim — taraqqiyot kaliti, zakovat esa yuksak marralar sari yo‘ldir!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment