TTJDA TALABA-QIZLAR BILAN XOTIN-QIZLARGA OID MASALALAR YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar ishtirokida ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, kiyinish madaniyati, shaxsiy mas’uliyati hamda qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan xotin-qizlar kengashi a’zolari, psixologlar hamda talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.Muloqot davomida talaba-qizlarning jamiyat va oiladagi o‘rni, milliy qadriyatlarimizga hurmat, muomala madaniyati, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, universitetning ichki tartib-qoidalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talaba-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, psixologik qo‘llab-quvvatlash, turli salbiy holatlarning oldini olish hamda TTJda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida talaba-qizlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Bunday ochiq muloqotlar qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va ularning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi.
Ma’naviyatli, bilimli va faol qizlar — jamiyat kelajagining mustahkam poydevori!
Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:Telegram | Web-saythttps://www.facebook.com/share/1CKxxvRaVu

Leave a comment