ZULFIYA — VAFO VA SADOQAT KUYCHISI

Joriy yilning 13-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 3-kurs talabalari o‘rtasida o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi, taniqli shoira Zulfiya ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy taqdimot tashkil etildi.

Taqdimot davomida tyutor F.M. Shamudinova, Ijtimoiy fanlar, pedagogika, psixologiya kafedrasi dotsenti, fakultet YoBIB dekan o‘rinbosari A.K. Xudayberdiyev hamda 303-DI guruhi talabasi A. Xayrullayeva so‘zga chiqib, shoira Zulfiya hayoti, ijodiy faoliyati va o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Shuningdek, shoira ijodining o‘ziga xos jihatlari, she’rlarining mazmun-mohiyati hamda ularda ilgari surilgan ezgu g‘oyalar haqida fikr yuritildi.

Tadbir davomida Zulfiya she’riyatida alohida o‘rin tutuvchi Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat, insoniylik, muhabbat, tinchlik va ayol qalbining nozik kechinmalari kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi. Shoiraning betakror she’rlari orqali insonning ichki dunyosi, hayot sinovlariga bardosh, umid va ishonch tuyg‘ulari yorqin ifodalangani ta’kidlandi.
Shuningdek, Zulfiya ijodining yosh avlodni ma’naviy barkamollik, sadoqat, sabr-toqat va ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shoiraning boy adabiy merosi nafaqat o‘zbek she’riyatining bebaho xazinasi, balki bugungi yoshlar uchun ham hayotiy saboq va ma’naviy ibrat manbai ekanligi qayd etildi.
Mazkur taqdimot talabalarning milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni badiiy adabiyotga oshno etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda atoqli ijodkorlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment