
1-bosqichga qadam qo‘ygan yoshlarimiz uchun hayajon va quvonchlarga boy unutilmas kun.
“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali tadbirida ularga ramziy “Reyting daftarchasi” va “Stetoskop” topshirildi. Ushbu ramziy sovg‘alar yoshlar uchun talabalik mas’uliyati, kasbga sadoqat va kelajakdagi shifokorlik yo‘lining ilk timsoliga aylandi.
Mazkur hayajonli jarayonda universitetimizning Otorinolaringologiya yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Kamilov Jasur Dilshodovich hamda Akusherlik-ginekologiya yo‘nalishi klinik ordinatori Baxtiyorova Iroda Farhod qizi 1-bosqich talabalarini tabriklab, ularga ezgu tilaklarini bildirdi.
Ushbu quvonchli lahzalarni Tibbiy pedagogika, stomatologiya, farmatsiya va pediatriya ishi fakultetlarining 1-bosqich talabasi G‘aybullayeva Layloxon o‘zining samimiy taassurot va tilaklari orqali ifoda etadilar.
Yangi avlodning oq xalat sari qo‘ygan ilk qadami muborak bo‘lsin!
Rasmiy sahifalarimiz!