









Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi 3-son akademik litseyi o‘quvchilari Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya kampusiga tashrif buyurib universitetida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida o‘quvchilar universitetning zamonaviy simulyatsion markazi, tibbiyot muzeyi hamda ilg‘or axborot texnologiyalari bilan jihozlangan kutubxona faoliyatini ko‘zdan kechirdilar.
Shuningdek, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan xonalarda mutaxassislar nazorati ostida amaliy ko‘nikmalarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tashrif doirasida o‘quvchilarga tibbiyot sohasida ta’lim olish imkoniyatlari, kasb tanlash mezonlari hamda kelajakda shifokor bo‘lishni maqsad qilgan o‘quvchilarga universitetda yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim jarayoni va zamonaviy o‘quv muhiti haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni tibbiyot kasbiga yo‘naltirish, ularda sog‘liqni saqlash sohasiga nisbatan mehr va yuksak mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashrifda ishtirok etgan o‘quvchilar uchun ushbu tadbir kelajakda tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilаdi.
Rasmiy sahifalarimiz!