
Poytaxtimizda dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Unda AQSH, Rossiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Daniya, Belarus, Ozarbayjon, Tunis, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi kabi 20 dan ortiq davlatdan yetakchi mutaxassislar, olimlar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etyapti.
Anjumanni Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imamov kirish so‘zi bilan ochdi.
Tadbirda dermatologik kasalliklarni erta tashxislash, zamonaviy davolash usullari, kosmetologiyada innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, bemorlarga individual yondashuv va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Konferensiya dasturidan xalqaro ekspertlar ma’ruzalari, klinik holatlar tahlili, ilmiy muhokamalar va mahorat darslari o‘rin olgan.SSV Matbuot xizmati. Web-siteTelegramFbInstagramLinkedin