


Rossiyaning “Reaviz” tibbiyot universiteti Ruhiy salomatlik instituti rahbari Darya Smirnova mutaxassislarning uzluksiz kasbiy ta’limini rivojlantirish, kognitiv-xulq-atvor va tizimli oilaviy psixoterapiya yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtaldi.
Ekspertning ta’kidlashicha, murakkab ruhiy buzilishlarni davolashda bemorning o‘zi bilan bir qatorda uning oilaviy muhiti va yaqinlari bilan ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, sun’iy intellekt yordamida nutq va til xususiyatlarini tahlil qilish orqali ruhiy buzilishlarni o‘rganishga qaratilgan yangi tadqiqot tashabbusi ilmiy muloqotning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor tortdi. Mazkur yondashuv shizofreniya spektri va bipolyar affektiv buzilishlar bilan bog‘liq klinik holatlarni chuqurroq o‘rganishga xizmat qilishi mumkin.
https://telegra.ph/RUHIY-SALOMATLIK-XALQARO-KONFERENSIYA-QIZGIN-ILMIY-MUNOZARALAR-PALLASIDA-10-16
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin