IKKI AVLOD, BIR MAS’ULIYAT

“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimining yakuniy qismida Toshkent davlat tibbiyot universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bobomurotov Turdiqul Akromovich so‘zga chiqdi.
U bugungi kunning ramziy mazmuniga alohida urg‘u berdi: bir sahnada ikki avlod — sohaning fidoyi ustozlari va yangi davr shifokorlari uchrashdi.
Bu uchrashuv shunchaki tantana emas, balki ilm, tajriba, an’ana va mas’uliyatning avloddan avlodga o‘tishidir. Turdiqul Akromovich talabalik qasamyodi yoshlar zimmasiga oladigan bir kunlik va’da emasligini, u kelajakdagi kasbiy faoliyat davomida shifokor uchun umrboqiy mezon bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
Shuningdek, u mazkur bayramni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga hissa qo‘shgan barcha ustozlar, xodimlar, hamkorlar va ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik bildirdi hamda barchani qizg‘in muborakbod etdi.
Ikki avlod uchrashdi. Bir mas’uliyat esa davom etadi.Rasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment