“KELAJAK SOATI”: ONA TILIGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROM!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotining 7-mavzusi – “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” mavzusida tashkil etildi.
Mashg‘ulotda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, (DSc) dotsent A.Xudayberdiyev mavzu yuzasidan ma’ruza qilib, o‘zbek tilining milliy o‘zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ta’lim va ilm-fan rivojidagi beqiyos ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, 3-bosqich talabalari “Besh tashabbus” loyihalari koordinatori J.Abduqodirov, fakultet koordinatori S.Tal’atova so‘zga chiqib, yoshlar orasida ona tiliga hurmatni kuchaytirish, milliy qadriyatlarni e’zozlash va davlat tilining nufuzini oshirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir davomida 3-bosqich talabasi I.Sunnatillayeva ona tiliga bag‘ishlangan she’rini ifodali o‘qib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Mavzuga oid videokontentlar namoyish etilib, o‘zbek tilining boy imkoniyatlari, uning ilmiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi.
Ta’kidlanganidek, tilimizda sifatli ilmiy, huquqiy, iqtisodiy va texnologik manbalarning ko‘payishi ta’lim sifatini oshirish, kasbiy malakani rivojlantirish hamda bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ona tilimizga hurmat – milliy qadriyatlarimizga hurmat, uning ravnaqi uchun xizmat qilish esa kelajagimizga qo‘shilgan munosib hissadir!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment