






vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda sharoitini o‘rganish bo‘yicha alohida reja-jadval asosida ishlar tashkil etilib, 2026-yil oktabr oyida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar turar joyidagi sharoitlarni yaxshilash, talabalar bilan ochiq muloqot qilish maqsadida 5-7-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitet rektori Sh.A.Boymuradov 5-sonli talabalar turar joyida talabalarning dam olish va o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi. Turar joyga ma’sul tarbiyachi pedagoglar bilan yotoqxonadagi tarbiyaviy muhit va qilinishi kerak bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot olib, talabalar tomonidan ehtiyoji mavjud bo‘lgan kir yuvish mashinalari olib berish va tuzatishni ma’sullarga topshiriq berdi.
So‘ngra rektor Sh.A.Boymuradov TTJdagi kutubxonalar faoliyati, fondi va talabalarning kutubxonalarga tashrifini ko‘zdan kechirdi. Talabalarga tibbiy adabiyotlar yetishishi, raqamli adabiyotlarni ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi. Har bir TTJlarga allomalarning kitoblardan ko‘paytirish boyicha ma’sullarga topshiriq berildi. Shuningdek TTJda tashkil etilgan tikuvchilik to‘garagi faoliyati bilan tanishdi.
Shundan so‘ng Sh.A.Boymuradov 7-sonli talabalar turar joyida yaratilgann sharoitlarni ko‘zdan kechirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni hamda yashash xonalarida talabalar bilan ochiq muloqot qilib, talabalarning taklif va talablarini eshitdi.
Shuningdek TTJdagi “Pazandachilik” to‘garagi va sharoiti bilan tanishdi. Talabalar turar joyida xavfsizlikni kuchaytirish, profilaktika inspektorlarning hududdagi kamchiliklar va turar joylardagi kirish-chiqish tartibini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Rasmiy sahifalarimiz!