Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

16-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan iqtidorli talaba-yoshlar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Tadbir davomida yoshlarning ijodiy ishlari Vatan ravnaqi, xalqlar birdamligi va yurtimizning yorqin kelajagi g‘oyalarini o‘zida teran mujassam etgani alohida e’tirof etildi.

Marosim yakunida tanlov g‘oliblari va sovrindorlariga tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment