






Yoshlik talabalar shaharchasi hokimligi tashabbusi bilan hududdagi 8 ta oliy ta’lim muassasasiga qarashli 43 ta talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi.Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda jamoalar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash va topqirlik qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 1-o‘rin — Toshkent tibbiyot universitetining 7-sonli talabalar turar joyiga qarashli “G7” jamoasi; 2-o‘rin — Toshkent tibbiyot universitetining 2-sonli talabalar turar joyiga qarashli “Lmntrix” jamoasi; 3-o‘rin — Turin politexnika universitetining 75A-sonli talabalar turar joyiga qarashli “Polito” jamoasi qoʻlga kiritishdi.
G‘olib va sovrindor jamoalarga “Yoshlik”talabalar shaharchasi hokimligi esdalik sovg‘alari topshirildi.
Rasmiy sahifalarimiz!