Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy psixologik yordam ko’rsatish markazi faoliyatidan!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi talabalarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini tizimli ravishda davom ettirmoqda.

Joriy yilning  20 oktabr kuni markaz psixologi E.Safarova tomonidan universitetning 4-bosqich Oliy ma’lumotli hamshira (OMX) yo‘nalishi talabalari ishtirokida guruhli psixologik suhbat o‘tkazildi.

Suhbatdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
Bo‘lajak mutaxassislarning o‘zini anglashi va ichki potensialini yuzaga chiqarish;
Jamoada o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va sog‘lom muloqot muhitini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Suhbat davomida bitiruvchi bosqich talabalari uchun kasbiy faoliyat oldidagi stressni yengish, hissiy toliqishning (burnout) oldini olish hamda bemorlar bilan muloqotda emotsional intellektning o‘rni kabi muhim mavzular muhokama qilindi

Rasmiy sahifalarimiz

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment