Sport — sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni!» shiori ostida “Besh tashabbus sport olimpiadasi”musobaqalarining fakultetlararo bosqichiga start berildi

Mamlakatimizda yoshlar siyosatini qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar doirasida joriy yilning 2-oktyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Besh tashabbus sport olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultetlararo bosqichi tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu nufuzli sport bayrami talaba-yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ularning sogʻlom turmush tarziga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish hamda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishda muhim bosqich boʻlib xizmat qiladi.

Tadbirning tantanali ochilish qismi va faxriy mehmonlar – Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining Ommaviy sportni rivojlantirish boʻlim boshligʻi Sherzod Olimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Nodir Ulug‘ovich Qosimovlar  ishtirok etdilar. Shuningdek tadbirda Universitet rektori professor Shuhrat Boymuradov, professor-oʻqituvchilar barcha fakultetlar, klinikalar va litseylarning sportchi jamoalari  hamda minglab shijoatli talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Ochilish marosimi doirasida faxriy mehmonlarning tabrik soʻzlari, universitet talabalarining badiiy chiqishlari, taniqli sportchilarning mahorat darslari hamda yoshlarga yuqori kayfiyat bagʻishlovchi shou-dasturlar namoyish etiladi.

Olimpiadaning asosiy maqsad va vazifalari:
Talabalar orasida sportni kundalik turmush tarziga aylantirish va jismoniy faollikni oshirish.
Universitet miqyosida isteʼdod va iqtidorga ega boʻlgan yosh sportchilarni saralab olish, ularni professional sportga yoʻnaltirish.
Fakultetlararo doʻstona raqobat muhitini yaratib, yoshlar oʻrtasida jamoada ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish.
Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va turli huquqbuzarliklarning oldini olish.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalarning qiziqishidan kelib chiqib, quyidagi sport turlari boʻyicha qizgʻin va murosasiz bahslar tashkil etiladi:
Futbol – jamoaviy shijoat va birlik ramzi sifatida.
Voleybol  – epchillik va tezkor qaror qabul qilish koʻnikmalarini sinovchi bahslar.
Stol tennisi – chaqqonlik va diqqat-eʼtibor musobaqasi.
Yengil atletika – sportni kundalik turmush tarziga aylantirish va jismoniy faollikni oshirish
Stritbol – kuch, chidamlilik va jismoniy barkamollik sinovi.

Gʻolib va sovrindorlari universitet rahbariyati tomonidan diplom, medallar, kuboklar va maxsus esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar. Eng faol ishtirokchilar esa respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment