
Til — millatning ruhi, xalqning o‘zligi, tarixi va ma’naviyatini o‘zida mujassam etgan bebaho boylikdir. Inson dunyoni ona tili orqali anglaydi, ilk so‘zlarini ona tilida aytadi, o‘z his-tuyg‘ulari, orzu-umidlari va qalb kechinmalarini shu tilda ifoda etadi. Shu bois ona tili har bir inson uchun eng aziz va muqaddas qadriyatlardan biridir.
1989-yil 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu tarixiy sana xalqimizning milliy o‘zligi, g‘ururi va ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutadi. Ushbu kun ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborning yorqin ifodasi sifatida qalbimizdan chuqur joy olgan. Ushbu sana munosabati bilan Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 301-DI guruh talabasi Xo’janova Iroda ona tilimiz ahamiyati va uning qadri haqida munosib fikr bildirildi.
O‘zbek tili — boy tarixga betakror jozibaga va ulkan ma’naviy merosga ega til. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘z ijodi orqali turkiy tilning naqadar go‘zal, sermazmun va keng imkoniyatlarga ega ekanini namoyon etgan.
Unutmaylik, ona tiliga hurmat— millatga hurmat, tilga e’tibor — kelajakka e’tibordir!Tyutor: Shamudinova Feruza Mirxamitovna
Rasmiy sahifalarimiz!