O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli

2026-yil 19-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya yo‘nalishida “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli” mavzusida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida Bobur Bobomurod ishtirok etdi.

Dars davomida o‘zbek tilining millat ma’naviyati, tarixiy xotirasi va milliy qadriyatlarini mujassam etgan bebaho meros ekani, uning mustaqil davlatchiligimizni ifodalash va xalqimizning o‘zligini namoyon etishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligi va nufuzini yuksaltirish, kundalik hayotda hamda kasbiy faoliyatda davlat tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir yoshning muhim burchi ekanligi ta’kidlandi.
Ma’rifat darsi talabalarda ona tiliga sadoqat, milliy g‘urur va ma’naviy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment