


Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-pediatriya fakultetida talabalarning bilim salohiyati, mantiqiy fikrlashi va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.
Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, topqirligi va zukkoliklarini namoyon etib, jamoaviy hamkorlik va tezkor fikrlash orqali o‘zaro kuch sinashdilar. Ushbu tadbir talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish hamda fakultetda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.
Zakovat — bilimlar bellashuvi, tafakkur sinovi va yangi imkoniyatlar maydoni! Bunday tadbirlar yoshlarning intellektual rivojlanishi, bilimga intilishi va kelajak sari dadil qadam tashlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimiz!