






ADIBLAR XIYOBONIGA MA’RIFIY TASHRIF AMALGA OSHIRILDI!
2026-yil 16-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti talabalari hamda “MedDominus” klubi vakillari ishtirokida Adiblar xiyoboniga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy adabiy merosimizni chuqurroq o‘rganish, buyuk ijodkorlar hayoti va ijodini targ‘ib qilish hamda yoshlar qalbida ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
IJODKORLAR HAYOTI VA IJODI — E’ZOZDA!
Tashrif davomida talabalar tomonidan taniqli adib va shoirlarning hayoti, ijodiy faoliyati, adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasi hamda asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar haqida ma’ruzalar qilindi.
J.R. Abdiqodirov va F.I. Yusufjonova— Qoraqalpoq xalqining buyuk shoiri Berdaq hayoti va ijodi, uning she’riyatida xalq dardi, adolat va erkinlik g‘oyalarining ifodalanishi haqida so‘z yuritdi.
S.N. Talatova va F.Sh. Alimova — o‘zbek adabiyotining hassos shoirasi Zulfiya hayoti va ijodiga to‘xtalib, uning she’rlarida muhabbat, sadoqat, insoniylik va Vatanga muhabbat tuyg‘ularining badiiy ifodasini yoritib berdilar.
G.Sh. Anarboyeva va A.G‘. Baqoyev — taniqli shoir Hamid Olimjon hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, she’riyatining o‘ziga xos jihatlari hamda ijodiy merosining ahamiyati haqida ma’lumot berdilar.
Ma’ruzalar davomida talabalar ijodkorlarning hayot yo‘li va adabiy merosi bilan yaqindan tanishib, ularning asarlarida aks etgan ezgulik, vatanparvarlik, insoniylik va ma’naviy kamolot g‘oyalari yuzasidan fikr almashdilar.
ADABIY MEROS — AVLODLAR UCHUN MA’NAVIY XAZINA!
Adiblar xiyoboniga tashrif talabalarga nafaqat tarixiy va adabiy bilimlarini boyitish, balki milliy qadriyatlarimizni chuqurroq anglash, ijodkorlar merosiga hurmat bilan qarash va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish imkonini berdi.
“MedDominus” klubi talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, madaniy-ma’rifiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni milliy merosimiz bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan loyihalarni davom ettiradi.
Adabiyotni anglang, tarixni kashf eting, ma’naviyat bilan yuksaling!
Rasmiy sahifalarimiz!