


Respublika miqyosidagi tanlov — tilga ehtirom va millatlararo do‘stlik timsoli!
2026-yil 16-oktyabr kuni Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijiy talabalar o‘rtasida tashkil etilgan “O‘zbek tili — qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda respublikamizdagi turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijiy talabalar o‘zbek tilini bilish darajasi, nutq madaniyati va ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.
Mazkur tadbir xorijiy yoshlarning davlat tilimizga bo‘lgan hurmati va qiziqishini oshirish, o‘zbek tilining boyligi va jozibasini keng targ‘ib etish, turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida o‘tkazilgan ushbu tadbir tilimizga bo‘lgan ehtiromni yanada yuksaltirib, uning nufuzini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Zero, til — millatning ma’naviy boyligi, qalblarni yaqinlashtiruvchi va xalqlarni birlashtiruvchi bebaho qadriyatdir.
O‘zbek tilimizga ehtirom, millatlararo do‘stlikka sadoqat va ma’naviy qadriyatlarimizga hurmat doimo bardavom bo‘lsin!
Rasmiy sahifalarimiz!