MİLLAT YURAGİDAGİ SÖZ — ONA TİLİ!

Tilga muhabbat — özligingga sadoqatdan boşlanadi.
İnson qalbiga yöl topişni maqsad qilgan yoşlar, avvalo, öz xalqining qalbini, uning ruhiyati va qadriyatlarini anglaşi kerak. Bu yölda esa ona tilidan yaqinroq, ona tilidan ta’sirçanroq vosita yöq.
21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Toşkent davlat tibbiyot universitetining Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasida taşkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy uçraşuv ana şu ezgu ğoyaga bağişlandi.
Tadbirda 2-son davolaş fakultetining 118-B guruhi talabalari ona tilimizga bölgan mehrlarini ijodiy çiqişlari orqali ifoda etdilar.
Bu gal talabalar özbek tilining tarixi va boy imkoniyatlari haqida şunçaki sö‘z yuritmadilar. Ular millatning özligini asrab kelayotgan tilga ehtiromni öz ijrolarida namoyon etişga intildilar.
Axir, bö­lajak şifokor uçun ona tilini mukammal biliş — faqat savodxonlik belgisi emas, inson bilan muloqot qiliş madaniyatining ham muhim mezonidir. Şifokorning bir oğiz şirin sözi bemorga dalda bölişi, samimiy suhbat esa işonç uyğotişi mumkin.
Kafedra öqituvçisi Majlimov Farrux Baxtiyoroviç taşabbusi va rahbarligida uyüştirilgan mazkur tadbir til bayramini yoşlarning ma’naviy kamoloti, milliy özlikni anglaşi va kasbiy mas’uliyati bilan uyğunlaştirdi.
Ona tili — ajdodlardan qolgan merosgina emas, kelajak avlodga qanday millat bölib yetib borişimizni belgilaydigan ma’naviy omonatdir.
Bu omonatni asraydiganlar esa bugun auditoriyalarda bilim olayotgan, ertaga xalqimizga xizmat qiladigan ana şunday yoşlardir.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment