TIL — MILLAT RUHI VA MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI

Toşkent davlat tibbiyot universiteti Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasida 2026-yil 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Ona tili — millat ruhi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirda Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasining professor-o‘qituvchilari, Tibbiy profilaktika işi ta’lim yo‘nalişi 3-kurs 302-guruh talabalari hamda Davolaş işi ta’lim yo‘nalişi 2-kurs 210-A guruh talabalari iştirok etdilar.
Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi mudiri, professor F. I. Salomova o‘z so‘zida ona tili millatning tarixi, madaniyati, urf-odatlari va ma’naviy dunyosini o‘zida mujassam etgan bebaho boylik ekanligini ta’kidladi. Şuningdek, o‘zbek tilining nufuzini oşiriş, uning sofligini asraş, adabiy til me’yorlariga rioya qiliş hamda yoşlar orasida nutq madaniyatini rivojlantiriş har birimizning muhim vazifamiz ekanligi qayd etildi.
Şuningdek, bo‘lajak şifokorlar uchun bemorlar bilan muloqotda aniq, ravon, tuşunarli va madaniyatli nutqdan foydalanish muhimligi ta’kidlandi. Tibbiyot xodimining muomala madaniyati, bemorga hurmat bilan munosabatda bo‘lişi va fikrini davlat tilida to‘g‘ri ifodalashi kasbiy mahoratning muhim tarkibiy qismi ekanligi qayd etildi.
Tadbir davomida kafedra xodimlari va talabalar tomonidan ona tilining milliy o‘zlikni anglaşdagi o‘rni, til va ma’naviyat uyg‘unligi, o‘zbek tilining boyligi va jozibadorligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar ona tiliga bag‘işlangan şe’rlar, hikmatli so‘zlar va mazmunli chiqişlar orqali o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini namoyon etdilar.
Ayniqsa, bo‘lajak şifokorlar faoliyatida til va muloqot madaniyatining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Bemor bilan samimiy, tuşunarli va madaniyatli muloqot qiliş, uning holatiga hurmat va e’tibor bilan yondaşiş tibbiyot xodimining kasbiy odobi hamda insonparvarlik fazilatlarini namoyon etişi ta’kidlandi.
Tadbir iştirokchilari ona tilini asrab-avaylaş, uning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, davlat tiliga hurmatni kundalik hayot va kasbiy faoliyatning ajralmas qismiga aylantirish zarurligi yuzasidan o‘z xulosalarini bildirdilar.
Mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan davra suhbati talaba-yoşlarning milliy qadriyatlarga hurmatini yanada mustahkamlash, ma’naviy dunyoqaraşini boyitish hamda ona tiliga bo‘lgan mehrini oşirishga xizmat qildi.
Ona tilimiz — milliy ğururimiz, ma’naviy boyligimiz va kelajak avlodlarga qoldiradigan bebaho merosimizdir!

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment