RAHBAR VA YOŞLAR: MA’NAVIYATGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR

RAHBAR VA YOŞLAR: MA’NAVIYATGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR
«DOKTOR REPORTER» XABAR BERADI
Universitet faqat bilim beradigan maskan emas. U yoşlarning dunyoqaraşi, hayotiy maqsadlari va insoniy fazilatlari şakllanadigan katta tarbiya maktabidir.
Toşkent davlat tibbiyot universitetining 5-B talabalar turar joyida «Rahbar va yoşlar» uçraşuvi tashkil etildi.
Samimiy muloqotda universitetning yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori, professor Turdiqul Akromoviç Bobomurotov iştirok etdi.
Talabalar turar joyida ötkazilgan bunday uçraşuvlarning ahamiyati alohida. Çunki yoşlarning hayoti faqat auditoriyadagi darslar bilan çeklanmaydi. Ularning boş vaqtini mazmunli tashkil etiş, intilişlarini qöllab-quvvatlaş, qobiliyatlarini yuzaga çiqariş va jamiyat oldidagi mas’uliyatini oşiriş ham oliy ta’lim muassasasining muhim vazifalaridandir.
Ma’naviyatga mas’ul rahbarning örni aynan şu jarayonlarda yaqqol namoyon böladi.
Talabalar bilan bevosita muloqot qiliş, ularning orzu-maqsadlariga e’tibor qaratış, öz ustida işlaşga undaş va kelajakka işonçini mustahkamlaş — bularning barçasi universitetdagi soğlom ma’naviy muhitni şakllantirişga xizmat qiladi.
Uçraşuv davomida yoşlarning ilm olişga intilişi, vaqtni qadrläşi, mustaqil fikrlaşi va kelajakdagi kasbiy mas’uliyati bilan boğliq masalalar muloqotning asosiy mazmunini tashkil etdi.
Bölajak şifokor uçun çuqur bilim bilan bir qatorda yuksak ma’naviyat, insonparvarlik, odob va mas’uliyat ham nihoyatda muhim. Zero, bemor dardiga malham bölişni niyat qilgan inson avvalo uning qalbini tuşuna olişi kerak.
«Rahbar va yoşlar» uçraşuvi talabalarga yana bir haqiqatni eslatdi: katta marralarga intilgan yoşning yonida uni tinglaydigan, yönaltiradigan va qöllab-quvvatlaydigan ustozning bölişi katta baxtdir.
Rajabova Lola Sunnatilla qizi
Toşkent davlat tibbiyot universiteti talabasi, #Doktor_Reporter» klubi muxbiri.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment