EPİLEPSİYA: ZAMONAVİY TİBBİYOTDA ANİQ TAŞXİS VA ŞAXSİYLAŞTİRİLGAN DAVOLAŞ İSTİQBOLLARİ

Toşkentda epilepsiya diagnostikasi va davolaşning zamonaviy yondaşuvlariga bağişlangan xalqaro iştirokdagi ilmiy-amaliy konferensiya öz işini boşladi.
Bugun, 23-oktabr kuni poytaxtimizdagi Radisson Blu Hotel Tashkent mehmonxonasida «Epilepsiya: innovatsiyalar prizmasi orqali — ilğor algoritmlar va şaxsiylaştirilgan terapiya» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya ötkazilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi va Toşkent davlat tibbiyot universiteti taşkilotçiligidagi nufuzli anjuman mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarning yetakçi nevrologlari, epileptologlari va ilmiy tadqiqotçilarini bir davrada jamladi.
Konferensiyaning oçilişida Toşkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Şuxrat Boymuradov iştirokçilarni qutlab, zamonaviy nevrologiyada aniq taşxis, individual davolaş taktikasini tanlaş, ilmiy izlanışlarni klinik amaliyot bilan boğlaş va xalqaro hamkorlikni rivojlantirişning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.
İlmiy muloqotlarda epileptik va noepileptik xurujlarni farqlaş, epileptik statusda şoşilinç yordam körsatiş, dori vositalariga rezistentlik hamda ayollarda epilepsiyani davolaşning öziga xos jihatlari muhokama qilinmoqda.
Xalqaro ekspertlarning tajribasi va mahalliy olimlarning ilmiy izlanışlari birlaşgan anjumanda bemor uçun xavfsiz, samarali va şaxsiylaştirilgan davolaş yondaşuvlari asosiy e’tibor markazida.
Konferensiya tafsilotlari va mutaxassislarning muhim ilmiy fikrlarini keyingi xabarlarimizda yoritamiz.
#ToşDavTU #Epilepsiya
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment